Turkiyadan yetkazib berish: havo yoki avto, qaysi birini tanlash kerak
Turkiya bugungi kunda oʻzbekistonlik xaridorlar va tadbirkorlar uchun eng sevimli va asosiy yoʻnalishlardan biridir. Trendyol, Watsons, mahalliy sifatli kiyim-kechak brendlari va eksklyuziv kosmetika mahsulotlari shular jumlasidandir. Biroq, xaridor oldida har doim asosiy savol turadi: havo orqali tez tashishni tanlash kerakmi yoki quruqlik (avto) orqali foydaliroqmi? Keling, har ikkala usulni halol taqqoslaymiz.
Havo orqali: Tezlik narxdan muhimroq boʻlganda
Turkiyadan Oʻzbekistonga havo (avia) orqali yetkazib berish eng tezkor usul hisoblanadi. Agar siz uchun vaqt birinchi oʻrinda boʻlsa, bu eng yaxshi tanlovdir.
- Muddat: 36 soatdan boshlab bir necha kungacha.
- Kimlar uchun: Shoshilinch buyumlar, qimmatbaho elektronika, saqlash muddati cheklangan kosmetika va yengil joʻnatmalar uchun ideal.
- Iqtisodiy jihati: Kilogramm uchun narxi qimmatroq, lekin yengil va ixcham yuklarda bu ortiqcha bilinmaydi.
Quruqlik (Avto) orqali: Narx muhimroq boʻlganda
Quruqlik orqali yetkazib berish yuk tashish xarajatlarini maksimal darajada kamaytirishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyatdir.
- Muddat: 15 kunlar atrofida (eng kami).
- Minimal vazn: Avtodan minimal vazn ancha katta — 50 kg dan boshlanadi.
- Kimlar uchun: Katta hajmli va ogʻir buyurtmalar uchun maqbul: partiyali kiyim-kechaklar, poyabzallar, uy-roʻzgʻor buyumlari hamda doʻkonlar uchun mayda va yirik ulgurji (optom) yuklar.
- Iqtisodiy jihati: Kilogramm hisobida eng arzon va hamyonbop tarif. Muddat uzunroq va minimal vazn cheklovi boʻlsa-da, katta posilkalarda tejash juda sezilarli boʻladi.
30 soniyada qanday tanlash kerak?
Atigi ikkita savolga javob bering: yukingiz qanchalik shoshilinch va qanchalik ogʻir? Shoshilinch va yengil (50 kg dan kam) — havo (avia) orqali joʻnating. Ogʻir (50 kg dan yuqori) va shoshilinch boʻlmagan — avto orqali joʻnating.
Yakuniy narxga nima taʼsir qiladi?
- Haqiqiy va hajmiy vazn — yukning jismoniy ogʻirligi yoki u egallagan hajm (qaysi biri katta boʻlsa, oʻsha olinadi).
- Yetkazib berish yoʻnalishi va tarifi.
- Shaxsiy posilkalar uchun bojxona limitlari
- Shahringizda eshikkacha yetkazib berish (kuryerlik xizmati) kerakmi-yoʻqmi.
Yukingiz aynan qaysi tarifda arzonroq tushishini bilmoqchi boʻlsangiz, buyurtma berishdan oldin bosh sahifamizdagi maxsus kalkulyator orqali tezkor hisoblab koʻrishingiz mumkin.
Nega Ethno Logistics?
Ethno Logistics kompaniyasi 2015-yildan beri Rossiyadan, 2021-yil oktyabridan beri esa Turkiya yoʻnalishida barqaror va ishonchli yuk tashish xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda. Mijozlarimizning talablaridan kelib chiqib, 2026-yil boshidan Xitoy kargo xizmatini ham yoʻlga qoʻydik.
Biz Turkiya kargo xizmatimiz doirasida ham havo, ham avtomobil orqali yetkazib berishni taklif etamiz. Siz koʻr-koʻrona tanlov qilmaysiz — bizning tajribali menejerlarimiz aynan sizning yukingiz xususiyatidan kelib chiqib, eng optimal usulni tanlab berishadi. Batafsil maʼlumot olish uchun istalgan vaqtda kontaktlar boʻlimimiz orqali biz bilan bogʻlanishingiz mumkin.
Buyurtmangiz uchun yetkazib berishni hisoblash
Menejer usulni tanlaydi va narxni 15 daqiqada tasdiqlaydi.

